Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat, e'lon! “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 19.09.2023
  • 274

✔️Bo‘sh ish o‘rni: Magistral elektr tarmoqlari filiali direktori lavozimi.

Talablar:

1️⃣ Ma'lumoti: oliy;

2️⃣ Ish tajribasi va staji: Energetika tizimida kamida 5 yillik samarali mehnat faoliyati va rahbar lavozimlarida ishlagan bo‘lishi;

3️⃣ Tillarni bilishi: Davlat va rus tili mukammal bilishi;

4️⃣ Huquqiy-normativ hujjatlarni bilishi: O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunni, Elektr energetika tarmoqlarini rivojlantirish va isloh qilish, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ko‘rsatmalari, farmoyishlarini va energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ni, “Elektr energetikasi ob'ektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ni, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik  ekspluatatsiya qilish qoidalari”ni, “Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi, Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar, qurilish norma va qoidalarini, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunni, xodimlarning malaka toifasini hisobga olgan holda kadrlarni samarali ravishda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish va boshqaruvning hozirgi darajasidan va rivojlanishi istiqbollaridan kelib chiqib, zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan kadrlarni aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlashni;

Shuningdek,

⏺ Elektr energetikasi tizimining xavfsiz va ishonchli ishlab turishini ta'minlashni;

⏺ Elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishni;

⏺ Elektr energetikasini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etishni;

8️⃣ Elektr energetikasi ob'ektlarini moliyalashtirish, qurish, ishga tushirish va foydalanishdan chiqarish tartibini;

⏺ Elektr energetikasi ob'ektlaridagi ilmiy tadqiqot, sozlash, ta'mirlash va muhandislik-loyiha ishlarini muvofiqlashtirishni;

⏺ Elektr energetikasi sohasida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga doir ishlar muvofiqlashtirilishini amalga oshirishni;

⏺ O‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarida elektr energiyasining texnologik nobudgarchiligini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni;

⏺ Texnik jihatdan foydalanish qoidalariga muvofiq o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlaridan foydalanilishini va ularning ta'mirlanishini tashkil etishni;

⏺ Kompyuter savodxonligi bo‘yicha kamida Microsoft Office Word  va Microsoft Office Excel dasturlarida ishlashni bilishi;

⏺ Elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lishi lozim.    

▶️ Batafsil

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz  info@uzbekistonmet.uz

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramTwitterYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>