Yangiliklar
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI TAQDIMOTI: OLDINGI VA KEYINGI
  • 03.07.2020
  • 1111

   «Toshkent shahar MET» filiali tasarrufidagi podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturi haqida qisqa ma'lumot:

   Podstansiyalarda ekspluatatsiya ishlarini amalga oshirishda ma'nan va jismonan eskirgan elektr uskunalarni zamonaviy, xalqaro standartlarga mos keladigan elektr uskunalar bilan yangilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi 3284-sonli qarori asosida “Quyliq” “Yuksak” “Ozodlik” podstansiyalarida 2022-yilgacha qiymati 48,5 mln AQSh dollari miqdorida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. 

   Jumladan:

   Joriy yilda «Qo‘yliq» podstansiyasida 11,0 mln AQSh dollari miqdorida 2x125 MVA quvvatli transformator 200 MVA quvvatlisiga almashtiriladi va OTQ dagi 35, 110, 220 kVli elektr uskunalarni yangi zamonaviy, elegaz o‘chirgichlar va ajratgichlar o‘rnatiladi.

   2021-yilda «Yuksak» podstansiyasida 32,2 mln AQSh dollari miqdorida 2x125 MVA quvvatli transformator 200 MVA quvvatlisiga, 40,0 va 40,5 MVA quvvatli transformatorlar 2x63,0 MVAli quvvatli transformatorlarga almashtiriladi va zamonaviy KRUE podstansiyasi quriladi.

 

   2022-yilda «Ozodlik» podstansiyasida 5,3 mln AQSh dollari miqdorida OTQ dagi 10, 110, 220 kVli elektr uskunalarni yangi zamonaviy, elegaz o‘chirgichlar va ajratgichlar hamda 10 kVli taqsimlash qurilmalari o‘rnatiladi.

 
Yuqoridagi bajariladigan modernizatsiya ishlari natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi iste'molchilar, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlari uchun qo‘shimcha 346 MVA quvvat zaxirasi yaratiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>