Yangiliklar
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI: JAHON BANKI ISHTIROKIDA «ENERGINET» (DANIYA) KOMPANIYASI TOMONIDAN ONLAYN VEBINAR O‘TKAZILDI
  • 02.07.2020
  • 654

  Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarini qurish, modernizatsiya dasturiga asosan eski, ma'nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash kabi bir nechta investitsion loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

  Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/ 

 

 

  Bunday yirik loyihalar ichida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish — «yashil energiya» tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya dasturlari ham mavjud bo‘lib, xalqaro hamkorlik amaliyotlari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahnamoligida amalga oshirilmoqda.

 

 

  Mavzuga oid tahliliy maqola: http://uzbekistonmet.uz/oz/ 

  Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki,  Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqiyot banki hamda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

 

 

  Kecha, 2020-yil 1-iyul kuni soat 17:00da Jahon banki ko‘magida «ENERGINET» (Daniya) kompaniyasi tomonidan «Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining integratsiyasi — barqarorlikni qanday saqlash lozim?» mavzusida onlayn Vebinar o‘tkaziladi. Unda Jamiyat boshqaruv raisi, boshqaruv raisining o‘rinbosarlari, Milliy dispetcherlik markazi, Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi, Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi hamda Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo‘limi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

  Onlayn muloqotda daniyalik hamkorlar tomonidan taqdimot o‘tkazildi.  Vebinar hamkorlik doirasidagi amaliyotlar yuzasidan savol-javoblar, o‘zaro kelishuvlar bilan yakunlandi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>