Yangiliklar
YOSHLAR KUNI MUBORAK, AZIZ TENGDOSHLAR !
  • 30.06.2020
  • 682

   Har qanday davalat va jamiyat taraqqiyoti yurtning yetakchi kuchi bo`lmish yoshlar tarbiyasi, ularning vatanparvarligi, zamonaviy kasblarni egallash darajasi bilan chambarchas bog`liq jarayondir.

   Bir so`z bilan aytganda, Yoshlar jamiyat uchun “yangi qon” vazifasini o`taydi. Bu jarayonda ularning yangi tashabbus va g`oyalari, bilim va intilishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yurtimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yuksak ma`naviyatli, zamonaviy bilim va ko`nikmalarga ega, mamlakatning kelajagi uchun javobgarlik va mas`uliyatli o`z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg`ayrat yoshlarni tarbiyalshga katta e`tibor qaratilmoqda.

   Bugun davlatimiz rahbarining biz yoshlarga yo`llagan tabrigini tinglab, nihoyatda ruhlanib ketdik. Chunki Yurtboshimizning har bir da`vati va so`zlari qalbimizni to`lqinlantirib yubordi.

   “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida ham yoshlarga doimiy ravishda e`tibor qaratilib, zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ayni paytda ushbu korxonada O`zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlar yetakchilari Kengashi raisi va jamiyat tizimidagi hududiy bo`linmalar hamda korxonalarda boshlang`ich tashkilotlar yetakchilari joriy etilgan, 21 ta boshlang`ich tashkilotlar yetakchilari faoliyat yuritib kelmoqda.

   Jamiyat tizimida 4700 nafar ishchi-xodimlar mavjud bo`lib, bu tarkibning 1000 dan oshig`ini yoshlar tashkil qilgan bo`lsa, ularning 200 ga yaqinini esa xotin-qizlar tashkil etadi. Jamiyat tizimida ishchilar va muhandis-texniklarining o`ttiz besh foizi o`rta yoshlilar, rahbar xodim va mutaxassislarning o`ttiz foizi 30 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlardir. Bu raqamlar, shak-shubhasiz, korxonada yoshlar yetakchi, shu bilan birga hal qiluvchi ekanligini tadiqlaydi.

   Yurtboshimizning 2017-yilda 30-iyun sanasini mamlakatimizda "Yoshlar kuni" deb e`lon qilishlari biz yoshlar uchun katta bayram bo`ldi, desak mubolag`a bo`lmaydi.

   Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallagan, mustaqil fikrga ega, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg`usi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning o`zi oldimizga qo`yayotgan vazifalarni hal etishga biz yoshlar mas`uldirmiz.

   Joriy yilni jamiyatimiz yoshlari juda katta tashabbuslarni amalga oshirishdan boshladi. Jumladan, fevral oyida tizimdagi barcha tashkilotlarning boshlang`ich tashkilotlari yetakchilari bilan birgalikda videomuloqot shaklida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o`tkazildi. Ushbu uchrashuvda yoshlarning ish faoliyati, kelgusi rejalari, mavjud muammolari hamda ularning yechimiga oid takliflari haqida suhbatlashildi.

   Shu jumladan:

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Bundan tashqari, jamiyat yoshlari tomonidan davra suhbatlari, uchrashuvlar, sport musobaqalari va boshqa turdagi tadbirlar tashkillashtirildi.

   Mamlakatimizda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi davrida ham korxona yoshlari tinim bilmay o`z faoliyatlarini davom ettirmoqda. Tashabbusni o`z qo`llariga olib, ko`ngillilar sifatida targ`ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etishmoqda. Murakkab pallada mehnat jamoasini xayru-sahovatga da`vat etib, ezgu murojaatlar bilan chiqmoqda.

   Ishonamizki, bu kabi yaxshi amallarni o`z hayot yo`llariga asos deb bilguvchi O`zbekiston Yoshlari dunyo sahnida ham hech kimdan kam emasligimizni isbotlay olishadi. Mamlakatimiz bo`ylab keng nishonlanayotgan Yoshlar kuni barchamizga muborak bo`lsin!

 

 Azizbek BOTIROV,
 

  “O`zbekiston MET” AJ
 Yoshlar Ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisi

>