Yangiliklar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI: «2020-YIL YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATIDA TUB BURILISH YILI BO‘LADI»
  • 06.01.2020
  • 934

     Bugun, 6-yanvar kuni «O‘zbekiston MET» AJ majlislar zalida Jamiyat yoshlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

     Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, jumladan yoshlarning kitobxonlik madaniyati, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ichki turizm, milliy urf-odatlar, ilm-fan va din, odob-axloq normalari, yoshlarning energetika sohasi rivoji uchun qo‘shayotgan munosib hissasi va boshqa masalalar muhokama etildi.

     Shuningdek, tadbirda mantiqiy boshqotirmalar sinovi o‘tkazilib, uning natijalari o‘zaro tahlil qilindi.

     Davra suhbati yakunida Jamiyat yoshlari ishtirokida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti tuzilib, saylash yo‘li bilan uning yetakchisi aniqlandi. Maqsad va vazifalar belgilandi.

     Ma'lumot o‘rnida: ayni paytda Jamiyatda faoliyat yuritayotgan xodimlarining 7,5%, ya’ni 324 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlardan iborat.

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>