Respublika bo‘yicha ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida, shuningdek, aholi xonadonlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etishda belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish, qurilmalar sifatiga e’tibor bermaslik, arzon va avvallari ishlatilgan bo‘lib, o‘z nominal foydali ish koeffisientini yo‘qotgan qurilmalardan foydalanish kabi holatlarni oldini olish maqsadida Energetika vazirligi va vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq na’munasi ishlab chiqildi.
Shu munosabat bilan, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari elektron tizimlari orqali bino va inshootlarda o‘rnatiladigan quyosh fotoelektr stansiyalarni joriy etishga buyurtmalar berishda ushbu namunaviy texnik topshiriqdan foydalangan holda buyurtmalar berish tavsiya etiladi.
Quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq na’munasidan quyida tanishish va foydalanish mumkin.
Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/3009
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati