OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ishonch.uz — Mulohaza: har mavsumda shu bo‘lar takror… Hosildan bo‘shagan dalalarga o‘t qo‘yish qachon barham topadi?
  • 22.06.2023
  • 193

Hosildan bo‘shagan dalalarga o‘t qo‘yish qachon barham topadi? Vaholanki, har yili hali bug‘doy o‘rimi boshlanmasdan avval ekologiya mutasaddilari somoni yig‘ishtirib olinadigan ekin maydonlariga o‘t qo‘ymaslik haqida keng tushuntirish ishlari olib borishadi. Ammo, ming afsuslar bo‘lsinki, hyech kimning hyech nimadan xabari yo‘qday dalalarga yana o‘t qo‘yilaveradi.

Mana yana bir misol: Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Qo‘shko‘prik qishlog‘ida navbatdagi shunday o‘t qo‘yishdan keyin favqulodda vaziyatlar hamda ekologiya xodimlari sa'y-harakatlari bilan yong‘in o‘chirilgan.

Afsuski, bu kabi holatlar barmoq bukib sanaydigan holatda emas. Shu kunlarda deyarli har bir bug‘doydan bo‘shagan dalalarda kuzatilmoqda.

Aslida jazirama issiq zabtiga olgan bir paytda bunday achinarli holatga yo‘l qo‘yish bilan o‘zimiz suzib ketayotgan kemani o‘zimiz cho‘ktirayotganday bo‘lmayapmizmi?

yer unumdorligiga zarar yetkazishga, havo ifloslanishiga va yong‘in keltirib chiqarishiga sabab bo‘ladigan bunday holatlarga chek qo‘yish payti kelmadimi?

Insofni, avvalo, hammaning o‘ziga bersin, deymiz-u, ammo mazkur holatlarning takror va takror kuzatilayotganini ko‘rib, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, xususan, aybdorlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish fursati kelmadimikan, degan fikrga boramiz.

Zero bu zamin, musaffo havo barchamizniki, elning rizqidir. El ­tinchligiga daxl qilganlar uchun esa jazo qat'iy bo‘lishi kerak.

Shunday emasmi? Siz nima deysiz?


Manba: https://ishonch.uz/archives/14898

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>