Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Stansiyada energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini quyosh panellaridan qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur yashil stansiya ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qo‘shimcha 1,8 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Ushbu fotoelektr stansiyasida monokristall turidagi 1500 dan ortiq panellar o‘rnatilgan bo‘lib, u “On Grid” rejimida ishlashga mo‘ljallangan.
N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA
Manba: https://uza.uz/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati