Xabar qilinishicha, «Rosenergoatom» konserni OAJ Saxa Respublikasi (Yoqutiston) Ust-Yanskiy ulusida kam quvvatli Yakutsk atom elektr stansiyasini barpo etish uchun litsenziya olgan. Ushbu hujjat Ekologik, texnologik va yadroviy nazorat federal xizmati tomonidan tasdiqlangan.
Kam quvvatli atom elektr stantsiyasi loyihasi Rossiyaning so'nggi ishlanmasi bo‘lgan RITM-200N bosimli suvli yadro reaktoriga asoslangan. Bu quruqlikda joylashtirish uchun kam quvvatli bortga asoslangan innovatsion texnologiyaning moslashuvi natijasidir.
Reaktorlar Arktikaning og‘ir sharoitlarida, Rossiyaning muzyorar kemalarida, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Ayni paytda Ust-Kuyga posyolkasi hududida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Chunonchi, maydonga 2 ming tonnadan ortiq yuk yetkazilib, 80 kishiga yaqin odam va 38 dona texnika ishlamoqda.
2028-yilda RITM-200N reaktoriga ega dunyodagi ilk kam quvvatli yer usti AES ishga tushirilishi kutilmoqda.
Manba: https://t.me/clearenergy/1963
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati