Melburn universiteti olimlari havodan vodorod olish uchun mo‘ljallangan qurilma prototipini taqdim etdi.
Texnologiya namlik bilan to‘yingan havodan suv olish, keyin uni vodorod va kislorodga bo‘lish imkonini beradi. Muhim yutuq — qurilma namligi juda past bo‘lgan hududlarda ham ishlashga qodir.
Taqdim etilgan prototip allaqachon sinovning birinchi bosqichlaridan o'tdi. Shunday qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo elektroliz moduli nisbiy namligi 4% bo‘lgan atmosferadan namlikni yutib, 12 kun davomida muvaffaqiyatli ishladi.
Manba: https://t.me/clearenergy/1893
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati