Avval xabar berganimizdek, Magistral elektr tarmoqlari filiallarining ma'muriy binolari tomiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Dastlabki quyosh panellari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy boshqaruv apparati ma'muriy binosining tom qismiga (50 kVt quvvatli quyosh paneli) o‘rnatilgan edi.
Ayni kunlarda “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining ma'muriy binosiga ham 30 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish ishlari boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida iqtisodiy tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida, “O‘ztexsanoat” uyushmasi binosida o‘tkazilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘rgazmasi erishilgan kelishuvlarga binoan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Solar Nature korxonasi bilan 28 ta ob'ektga 500 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatish bo‘yicha umumiy qiymati 5,0 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolangan edi.
✍️ S.L.Eshonqulov, Elektr energiyasi texnologik sarfini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati