O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida 4 mingdan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qiladilar. Ularning 1035 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar (207 nafar qizlar va 828 nafar yigitlar) tashkil etadi.
Avval xabar berganimizdek, Jamiyat tasarrufidagi filiallarda Yoshlar Ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tuzilib, ular o‘z dasturlariga binoan faoliyat yuritib kelmoqdalar. Yoshlar tomonidan saylangan yetakchi Jamiyatning yoshlar siyosati bo‘yicha hududiy tashkilotlardagi ishlarini bajarishga mas'ul xodim hisoblanadi.
Yaqinda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Qoraqalpoq magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan Yoshlar ittifoqi yetakchilari va Kengash a'zolari bilan birgalikda «Yoshlarni turli tahdidlar va axborot xurujlaridan himoya qilishning dolzarb masalalari» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kasaba uyushmasi kengashi faollari ham ishtirok etishdi.
Tadbir davomida bugungi kunda yoshlar orasida ommalashib borayotgan informatsion xurujlarning oldini olish, ularni yoshlar ongidan joy olmasligiga qarshi kurashish, bunda yoshlarni kitobxonlik, sport, jismoniy tarbiya va boshqa turdagi ma'naviy-ma'rifiy mashg‘ulotlarga jalb qilish borasida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati so‘nggida bunday tadbirlarni davomli o‘tkazib turishga kelishib olindi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati
Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati
Axborot xizmati
Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz
Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati
Facebook: https://www.facebook.com
Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
Instagram: https://www.instagram.com