Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasiga asosan, yurtimizda “yashil” energetikani rivojlantirishga alohida e'tibor berilgan.
Xususan, 2026-yilga borib O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari hajmi 8 000 MVtga, gidroelektr stansiyalari hajmi esa 2 920 MVtga (jami 10 920 MVt) yetkaziladi.
Buning natijasida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari (“yashil” energetika) ulushini tashkil qiladi.
▪️ Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 1 mln xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan ta'minlash mumkin.
▪️ Yoki, ushbu hajmdagi tejalgan tabiiy gaz bilan qo‘shimcha ravishda 15 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. 15 mlrd kVt.soat hajmdagi elektr energiyasi O‘zbekiston aholisining qariyb (98%) 1 yillik iste'molini tashkil qiladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
Manba: https://t.me/minenergy_uz/4751
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati