Yangiliklar
ANDIJON VILOYATINING AYRIM HUDUDLARI ELEKTR TA'MINOTIDA VAQTINCHA UZILISHLAR BO‘LISHI MUMKIN
  • 16.01.2020
  • 717

     Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyatining Andijon tumanidagi «Ayrilish» MFY hududida joylashgan «O‘zbekiston MET» AJ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali  tasaruffidagi 220 kVli «Yulduz» podstansiyasida T2-125 MVA quvvatli avtotransformatorni 200 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirish ishlari 2019-yil 20-noyabrdan 27-noyabrgacha davom etgan edi.

     Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tizimidagi nisbatan past quvvatli avtotransformatorlarni yuqori quvvatli avtotransformatorga almashtirish amaliyotining ikkinchi bosqich muddati mahalliy hokimiyat organlari bilan o‘zaro kelishuvga binoan 2020-yil yanvar oyining ikkinchi dekadasiga qoldirilgandi. 

     Shu munosabat bilan 220 kVli «Yulduz» (220/110/10 kV) podstansiyasida AT-1-125 MVA quvvatga ega avtotransformatorni 200 MVA quvvatli avtotransformatoriga almashtirish ishlari joriy yilning 17-yanvar kunidan boshlab amalga oshirilishini ma'lum qilamiz va mazkur amaliyot paytida yuz berishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik uzilishlar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

     Bir haftacha davom etadigan modernizatsiya amaliyoti tufayli Andijon viloyatning ayrim hududlaridagi elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin, biroq bu jarayon hududning elektr ta'minotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmaydi, almashtirilgan avtotransformatorning quvvati oshganligi sababli hududlarga cheklovlar  o‘rnatilishi nisbatan kamaytiriladi.

     Batafsil ma'lumotlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Andijon viloyatidagi hududiy bo‘limlari orqali ham e'lon qilinadi.

     Ma'lumot o‘rnida: elektr ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish, ma'nan eskirgan elektr uskunalarini yuqori quvvatlilariga almashtirish amaliyotining ahamiyati, shuningdek iste'mol quvvati keskin oshganda dispetcherlar tomonidan ma'lum darajadagi cheklovlar o‘rnatilmasa elektr ta'minoti tizimida qanday favqulotda holatlar (avariya va yong‘inlar) yuz berishi mumkinligi haqida quyidagi maqolalar orqali kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

     O‘zbek tili (kirill alifbosida): http://uzbekistonmet.uz/uz

     O‘zbek tili (lotin alifbosida): http://uzbekistonmet.uz/oz

     Rus tilida: http://uzbekistonmet.uz/ru

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>