Andijon viloyatining Andijon tumanidagi «Ayrilish» MFY hududida joylashgan «O‘zbekiston MET» AJ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220 kV li «Yulduz» podstansiyasida T2-125 MVA quvvatli avtotransformatorni 200 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2019-yil 20-noyabrdan 25-noyabrgacha viloyatning ayrim hududlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari rejasiga muvofiq nisbatan past quvvatli avtotransformatorni yuqori quvvatli avtotransformatorga almashtirish amaliyoti tufayli yuzaga kelgan nosozliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Batafsil ma’lumotlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ning Andijon viloyatidagi hududiy bo‘limlari orqali e’lon qilinadi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati