Kasaba uyushmasi
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
  • 09.11.2021
  • 520

 2019-yil 6-dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi yangi qonunning imzolanishi kasaba uyushmalariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasidagi faoliyatlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun katta imkoniyatlar eshigini ochgani rost.

  Prezidentimiz tomonidan 11-noyabr kunini “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklif etilishi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari kuni to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi besh yarim milliondan ortiq kasaba uyushma a'zolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

   O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2021-yil 20-oktyabr, 4-17 “s”-sonli Ijroiya qo‘mita qaroriga asosan “11-noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan kasaba uyushmalarining jamiyatdagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha faollaridan bir guruhini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlash belgilangan.    

  Kasaba uyushmalarining jamiyatdagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Xidirova Nodira Djaxongirovna ham “11-noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

  

 

>