Yangiliklar
OSIYO TARAQQIYOTI BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
  • 22.10.2019
  • 679

Bugun, 22-oktabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ ma'muriy binosining majlislar zalida Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda «220 kVli Taxiatosh IES– Xorazm PS–Sarimoy aholi yashash joyi (Xorazm viloyati) elektr uzatish liniyasini qurilishi» nomli investitsion loyihasidan iqtisod qilingan 100 mln AQSh dollari hisobidagi mablag‘larni «Sirdaryo IESdan–220kVli havo liniyasini va 220kVli «Zafarobod» podstansiyasini qurish» hamda «Guzar-Regar» nomli loyihalariga yo‘naltirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

 

Uchrashuv davomida mazkur loyihalarga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etildi, o‘zaro kelishuvlar tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>