Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATIDAGI “O‘ZGARISH” PODSTANSIYASIDA YUQORI QUVVATLI AVTOTRANSFORMATORNI O‘RNATISH ISHLARI YAKUNLANDI
  • 12.04.2021
  • 881

 Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi Yangi hayot qishlog‘i hududida joylashgan “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kVli “O‘zgarish”  podstansiyasida, “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” nomli investitsiya loyihasi doirasida, quvvati 200 MVAli avtotransformatorni yangi — 250 MVA quvvatga ega avtotransformatoriga almashtirish ishlari yakunlandi. Loyiha doirasida o‘rnatilgan yuqori quvvatli avtotransformator zamonaviy mikroprotsessorli releli himoya shkaflari bilan ta'minlangan holda ishga tushirildi.

 

  Joriy yilning 11-aprel kuni, qurilish-montaj va sozlash ishlari to‘liq yakunlanib, avtotransformator texnik-muhandislik talablariga muvofiq tasdiqlangan ishga qo‘yish dasturi asosida 72 soat davom etadigan sinov rejimiga qo‘yildi. Bajarilgan ishlarning yakuniga ko‘ra 220/110/10 kVli “O‘zgarish” podstansiyasida elektr energiyasi quvvatini o‘tkazish imkoniyati qo‘shimcha 50 MVA hisobiga ortdi. Bugun, 12-aprel kuni rejimi muvaffaqiyatli davom etmoqda.

 “O‘zgarish” podstansiyasi orqali Qo‘qon shahri va Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi, shuningdek, viloyatning Beshariq, O‘zbekiston, Furqat, Dang‘ara, Buvayda, Uchko‘prik, Bag‘dod, Rishton va So‘x tumanlarida joylashgan iste'molchilar uchun elektr energiyasi yetkazib beriladi.

  Yodingizda bo‘lsa, 2020-yilning noyabr oyida "O‘zgarish" podstansiyasida yangi, 250 MVA quvvatga ega yangi avtotransformator o‘rnatilgani haqida xabar bergan edik...

  http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4937

  Ma'lumot o‘rnida: loyihaga ko‘ra modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari boshlanishidan avval podstansiyada o‘rnatilgan avtotransformatorlarning umumiy quvvati 400 MVAni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘rnatilgan transformatorlar soni 3 donani tashkil etgan holda o‘tkazuvchanlik quvvati 700 MVAni tashkil etmoqda. Ya'ni “O‘zgarish” podstansiyasi orqali elektr energiya quvvatini o‘tkazish imkoniyati 300 MVA hisobiga ortdi.

   Taqqoslash uchun: birgina Sirdaryo viloyati iste'molchilarining umumiy iste'mol quvvati 300–350 MVA, Jizzax viloyatini esa 350–400 MVAni tashkil etadi.

 

 Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibilagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filial xodimlarining sa'y-harakatlari zamirida filialda sog‘lom va betalofat ish muhitini yaratish, mehnat samaradorligi orqali Farg‘ona viloyati iste'molchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini ta'minlash hamda Prezidentimizning 2017- yil 16-sentyabr sanasida tasdiqlagan PQ–3284-son Qarori ijrosini bajarishga qaratilgan asosiy maqsadlar mujassam.

 G‘ayratjon Shermatov, «O‘zbekiston MET» AJ «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>