Yangiliklar
Jizzax viloyatida yangi, zamonaviy va raqamli boshqaruv tizimiga ega 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” podstansiyasi quriladi
  • 09.04.2021
  • 595

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish hamda “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini amaliyotga tadbiq etish doirasida, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28- dekabrdagi PQ-4937-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan ““Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatidan 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i hamda 220 kVli “Zafarobod” podstansiyasini qurish” investitsiyasi loyihasi doirasida yangi, zamonaviy va raqamli boshqaruv tizimiga ega 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” podstansiyasini qurish rejalashtirilgan.

  Mazkur loyiha bo‘yicha “O‘zenergoinjiniring” AJ loyiha instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tender hujjatlariga Osiyo taraqqiyot bankining e'tirozi yo‘qligi va Bosh pudratchi aniqlash bo‘yicha xalqaro tender savdolariga e'lon berishga rozilik xati (bugun, 2021-yil 9-aprel sanasida) olindi.

  Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yangi — raqamli “Zafarobod” podstansiyasini qurish bo‘yicha “tayyor holda topshirish” sharti asosida Osiyo taraqqiyot banki talablari bo‘yicha Bosh pudratchini aniqlash uchun tez kunlarda xalqaro tender savdolariga e'lon berilishini ma'lum qilamiz.

✍️ Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

https://minenergy.uz/uz/news/view/1557

https://www.gazeta.uz/

https://yuz.uz/

https://daryo.uz/

https://www.spot.uz/

https://t.me/energetika_xabarlari/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>