Yangiliklar
Ayni paytda davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta'minlash masalalari yuzasidan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda
  • 08.04.2021
  • 467

  Ayni paytda Qibray tumanida joylashgan «Energetiklar sihatgohi»da Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi 81-sonli qarori ijrosini ta'minlash, xususan davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta'minlash masalalari yuzasidan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

  Mazkur seminar “O‘zbekgidroenergiya” AJ tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Enernetika vazirligi tizimidagi turdosh tashkilotlarning matbuot xizmatlari rahbarlari ham ishtirok etmoqda. Seminarda energetika tashkilotlarining veb-saytlari orqali keng jamoatchilik e'tiboriga qanday muhim ma'lumotlarini taqdim etish masalalari muhokama etilmoqda.

  Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston MET» AJda Vazirlar Mahkamasining 81-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Jamiyat boshqaruvi raisining 104-sonli buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Jamiyatda “Infografika” studiyasi tashkil etilib, uzbekistonmet.uz saytini tezkor ma'lumotlar bilan boyitish belgilangan.

Veb-sahifaTelegramFacebook ‖  InstagramTwitter

 Axborot xizmati

 

>