Yangiliklar
ACWA Power kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar yig‘ilishi o‘tkazildi
  • 31.03.2021
  • 414

  Bugun, 2021-yil 31-mart kuni “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati ACWA Power kompaniyasi vakillari bilan Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha muzokaralar yig‘ilishi o‘tkazdi.

  Muzokaralar davomida tomonlar yangi issiqlik elektr stansiyasini yagona elektr tarmog‘iqa ulashda tomonlarning vazifalarini muhokama etishdi.  Yig‘ilishda loyihani amalga oshirishni jadallashtirish uchun zarur masalalar o‘rtaga tashlandi.

  Loyiha kompaniyasi va Jamiyat vakillari tomonidan elektr stansiyani yagona elektr tarmoqqa ulaganda rele himoyasi va boshqa uskunalar kim tomonidan yetkazilishi hamda o‘rnatilishi kelishib olindi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>