Yangiliklar
AKSIYADORLIK JAMIYATI XODIMLARI SPORT TADBIRIDA FAXRLI O‘RINLARNI EGALLASHDI
  • 01.04.2021
  • 516

  Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga ishlab chiqilgan bo‘lib, "O‘zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Axborot xizmati hamkorligida yengil sport turlari bo‘yicha turli musobaqa hamda o‘yinlar o‘tkazib kelinmoqda.

 

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5358

  Albatta, o‘tkazilayotgan sport tadbirlari asosiy ish faoliyati — mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berish, elektr energetika tarmog‘ida modernizatsiya va rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari hamda investitsion loyihalar ijrosini ta'minlashga xalaqit bermagan holda, aniqrog‘i asosan ma'muriy ish bilan shug‘ullanuvchi ishchi-xodimlar hamda navbatchilikda bo‘lmagan mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladi.

  Haftaning shanba kuni esa energetiklar uchun “sport kuni”ga aylanib bormoqda.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5335

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan o‘z sog‘lig‘iga bee'tibor bo‘lmagan barcha ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatida ham unum va baraka bo‘lishi Aksiyadorlik jamiyatining ishchi majlislarida ko‘p bora takrorlanadi. Darhaqiqat, sog‘lom tanda — sog‘ aql!

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5280

  Ko‘pchilikka ma'lum, 2021-yil 14-yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-sonli qarori e'lon qilingan edi.

 

  Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida kecha, 2021-yil 31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan vazirlik va idoralarda ishlovchi rahbar-xodimlar o‘rtasida shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

 

  Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati nomidan ishtirok etgan 2 nafar rahbar xodimlar 200 dan ortiq vazirlik, davlat idora va tashkilotlari ichida faxrli o‘rinlarni egallashdi.

  1. Erkaklar bahsida Elektr energiyasi texnologik sarflarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i — Salim Latipovich Eshonqulov  faxrli 5-o‘rin;

  2. Ayollar bahsida “Energo-IT” filiali sektor boshlig‘i Flyura Zaynulovna Xaliulina –– “Musobaqaning eng tajribali ishtirokchisi” nominatsiyasi bo‘yicha mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

  Musobaqa ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda ko‘psonli jamoasi 200 dan ortiq vazirlik, davlat idora va tashkilotlari ishtirok etgan sport tadbirida faxrli o‘rinlarni egallagan hamkasblarini qutlaydi.

  Hurmat bilan,

  Odiljon Vohidov,  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati “sport targ‘ibotchisi”        


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>