Yangiliklar
“Elektr energetika tarmog‘ini transformatsiyalash va elektr uzatish jarayonini barqarorlashtirish” loyihasi asosida ma'lumotlarni oshkor etish hamda ijtimoiy va ekologik tamoyillar bo‘yicha ommaviy maslahatlar o‘tkazish to‘g‘risida e'lon
  • 31.03.2021
  • 955

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023-yillarda investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Farmoniga asosan O‘zbekiston hukumati Jahon bankiga energetika sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash so‘rovi bilan murojaat qildi.

  O‘zbekiston hukumati Jahon bankining energetika sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini so‘radi.

  «Elektr energetika tarmog‘ini transformatsiyalash va elektr uzatish jarayonini barqarorlashtirish» — ESTART loyihasining asosiy maqsadi zamonaviy elektr energiyasini yetkazib beradigan kompaniyani tashkil etish, keng ko‘lamli qayta tiklanadigan energiya manbalarini birlashtirish uchun uzatish tizimining umumiy quvvati va ishonchliligini oshirishga yordam berishdan iborat.

  ESTART loyihasi elektr energiyasini yetkazib berish sohasi va tarmoqni modernizatsiyalash, aniqrog‘i, O‘zbekiston Respublikasida elektr ta'minoti ishonchliligini kafolatlashning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadigan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJni tijoratlashtirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur loyiha Jahon banki moliyaviy va texnik ko‘magi orqali O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimidagi «O‘zbekiston milliyelektr tarmoqlari» AJ tomonidan amalga oshiriladi.

  Loyiha to‘rt qismdan iborat: (a) elektr energiyasini uzatish sohasini raqamlashtirish, (b) elektr tarmoqlarini rivojlantirish va qayta tiklanadigan manbalarni joriy etish, (c) «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning institutsional rivojlanishi va loyihani amalga oshirishda ko‘maklashish va (d)  elektr energiyasi bozorini rivojlantirish.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning loyihasi mavjud eskirgan 22 ta podstansiyani rekonstruksiya va modernizatsiya qilishni hamda uni 500 va 220 kVli elektr tarmoqlariga ulanish uchun 500 va 220 kVli havo liniyalari hamda yangi podstansiyalarni qurishni nazarda tutadi.

  Ushbu ma'lumotni oshkor qilish to‘g‘risidagi e'lon orqali «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning loyiha doirasida tayyorlangan ekologik va ijtimoiy tamoyillarga oid quyidagi hujjatlar loyihalarini ommaviy ravishda oshkor qilinishi nazarda tutilgan:

  - Ko‘chirish siyosati asoslari;

  - Atrof-muhit va ijtimoiy xavfsizlikni boshqarish modeli;

 - Inson resurslarini boshqarish tartibi va manfaatdorlarni jalb qilish rejasi.

  Loyihaning ijtimoiy va ekologik tamoyillarini muhokama qilish uchun jamoatchilik bilan maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazish (2021-yil 6-8-aprel kunlari rejalashtirilgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>