Yangiliklar
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI AXBOROT XIZMATI: 2021-YIL I CHORAK HISOBOTI
  • 27.03.2021
  • 382

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (matbuot kotibi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ishchi guruhi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

  Shuningdek, elektr ta'minotidagi nosozliklar, ta'minotdagi uzilishlar, iste'molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste'molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilotlar: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta e'lon qilinmoqda.

  O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati tomonidan yangilanib boriladigan www.president.uz veb-saytidagi maqola va xabarlar Aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qayta repost qilib borilmoqda.

  Shuningdek, Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytiga:

  8 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/30;

  27 ta Prezident Qarorlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/31;

  14 ta Prezident Farmonlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/32;

  12 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/33;

  8 ta Normativ hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/34;

  2 ta Xalqaro hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/18 joylashtirilgan.

  Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi. Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma'lumotlar tez-tez qayta e'lon (repost) qilib turiladi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonining mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda» nomli yangi rukn (http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/51) tashkil etildi. Shuningdek, “Yoshlar siyosati” (http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/24) nomli yangi rukn orqali yoshlar siyosaiga oid ma'lumotlar berib borilmoqda.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanalida ("O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ t.me/uzmetaxborotxizmati) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga binoan 3 ta ISHONCH RAQAMI: Yagona telefon (Axborot xizmati) 71/236-68-08; Ishonch raqami (jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi raqami) 71/208-56-46; Devonxona (Ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi) 71/236-6865 telefon raqamlari ishlab turibdi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmatining 2021-yil I chorak media-rejasiga muvofiq amalga oshirilgan ishlari hamda Media-reja asosida Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali keng jamoatchilik e'tiboriga e'lon qilingan maqolalari haqida qisqacha ma'lumot

 

  Shu bilan birga, Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.

 

  Hurmat bilan,

  U.P.Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>