Yangiliklar
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari"AJ bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha bosh boshqarma, boshqarma, xizmat, bo'lim, filial hamda tarkibiy bo'linmalar diqqatiga!
  • 26.03.2021
  • 406

  O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining 2021-yilning 19-martdagi 67-sonli yig'ilish bayoniga ko'ra, aholi o'rtasida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlarining oldini olish va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta'minlash borasida Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan joriy etilayotgan cheklovlarni vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini ta'minlashga ko'maklashish, shuningdek, belgilangan cheklovlardan kelib chiqib, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga yuborilayotgan hujjatlar, loyiha hujjatlari, xat-xabarlar, taklifnoma va tabriknomalar, topshiriqlarga javoblar hamda xizmatga oid barcha yozishmalar qog'oz ko'rinishida "O'zbekiston MET" AJ" devonxonasiga kiritishi to'xtatilib, hujjatlar faqat e-xat elektron axborot (https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6324) almashuvi tizimi (e-xat uzbekiston_met@exat.uz) yoki elektron pochta ( info@uzbekistonmet.uz) orqali qabul qilinishi ma'lum qilinadi.

  Hurmat bilan,
  M.Mirzaraimova, ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi boshlig'i

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>