Yangiliklar
Tezkor xabar SSV: 1-apreldan ommaviy tadbirlar o'tkazishga ayrim cheklovlar o'rnatiladi
  • 24.03.2021
  • 498

  Ma'lumki, yurtimizda koronavirus bilan bog'liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgan davrda qator yo'nalishlarda karantin cheklovlari yumshatilgan edi. Biroq ayni paytga kelib, kasallikka chalinganlar sonining oshishi hisobiga aholi gavjum bo'ladigan tadbirlarni biroz cheklashni sharoit taqozo qilmoqda.

  Qator soha mutaxassislari va yetakchi olimlarning takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi so'nggi kunlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortganligi munosabati bilan mamlakatimizda keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida quyidagi takliflarni ma'qulladi:

  Joriy yilning 1-aprelidan boshlab O'zbekiston Respublikasi hududida:

  - to'yxonalarda oilaviy tantana, to'y, ma'raka va marosimlarni o'tkazishda kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik nazoratni kuchaytirish va tashrif buyuruvchilar sonini 100 kishidan ko'p bo'lmagan holda o'tkazish;

  teatr, kino (kinoteatr) va kontsert-tomosha dasturlarini tashkil etishda:

  - tomosha dasturlari o'tkaziladigan saroylarga tashrif buyuruvchi tomoshabinlar hamda xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning qat'iy niqobda (maskada) bo'lishlarini ta'minlash;

  - tomosha dasturlari o'tkaziladigan saroylarning tomoshabin sig'imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmaslik;

  - tomosha dasturlari o'tkaziladigan saroylarning tomoshabin o'rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta'minlash;

  - tomosha dasturlariga tashrif buyuruvchilarning tana xarorati nazoratini o'rnatish hamda tana xarorati ko'tarilgan shaxslarni dasturga qo'ymaslik;

  - tomosha dasturlari o'tkaziladigan saroylarda savdo shoxobchalari faoliyatini to'xtatish (niqob va antiseptik vositalar savdosi bundan mustasno);

  - tomosha dasturlari bo'yicha tarqatilayotgan (sotilayotgan) chiptalarga "faqat sog'lom bo'lsangizgina tashrif buyuring" yozuvini yozish orqali aholini ogohlikga chaqirish va boshqa tomoshabinlarga kasallik yuqib kolishining oldini olish choralarini ko'rish;

  - tomosha dasturlari o'tkaziladigan saroylarning kirish qismida tomoshabinlarning binoga tartibli kirishlarini ta'minlash maqsadida maxsus lentalar yordamida bir qatorli kirish va chiqish yo'laklarini o'rnatish tartibi belgilandi.

  Tomosha dasturlari o'tkaziladigan saroylarda karantin qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha mas'uliyat tashkilotchilar zimmasiga yuklatiladi.

❗️ Sog'liqni saqlash vazirligi aholidan ayrim xorijiy mamlakatlarda bugungi kunda kuzatilayotgan koronavirus infeksiyasi bilan bog'liq keskin epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mamlakatimizda shu kabi holatlarni qaytarilmasligi hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning faoliyatini tizimli tashkil etish uchun shaxsiy mas'uliyatni oshirishni so'rab qoladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

 

JSST ma'lumotlariga ko'ra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 7 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi

 

 

 

  Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 123 million 419 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 719 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan (23.03.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 15:52 holatiga ko'ra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 393 531 yangi holati aniqlandi, 7 151 nafar bemor vafot etdi.

  Jons Xopkins universitetining hozirgi (24.03.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 09:23 holati) ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda kasallikni 124 million 153 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 734 ming nafardan ortig'i vafot etgan.

  Kasallik tasdiqlangan holatlar bo'yicha AQSh birinchi o'rinda turibdi, u yerda JSST ma'lumotlariga ko'ra 29,537 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o'rinda Braziliya (11,998 milliondan ortiq), uchinchi o'rinda Hindiston (11,686 milliondan ortiq), to'rtinchi o'rinda Rossiya (4,474 milliondan ortiq), beshinchi o'rinda esa Buyuk Britaniya (4,301 milliondan ortiq).

  JSST ma'lumotlariga ko'ra, bir sutka davomida AQShda 39 165, Braziliyada 47 774, Hindistonda 40 715, Rossiyada 8 457, Buyuk Britaniyada esa 5 342 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@ssvuz

@ssvmatbuotkotibi

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>