Yangiliklar
Tojikiston hududidan o'tgan 500 kVli L-503-sonli elektr uzatish havo tarmog'idagi nosozlik bartaraf etildi. Ushbu nosozlik "halqa" tizimi tufayli ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatini uzatish jarayoniga ta'sir etmadi
  • 20.03.2021
  • 560

  Ko'p bora ta'kidlanganidek, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash murakkab texnik-muhandislik jarayoni bo'lib, bir nechta ta'sir omillari sababli ta'minot tizimida turli nosozliklar sodir bo'lishi tabiiy texnik holat hisoblanadi. Ayniqsa, iqlim sharoitining keskin o'zgarishi (kuchli shamol, yomg'ir) sababli nafaqat past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarda, balki yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida ham nosozliklar sodir bo'lishi mumkin. Bunday paytlarda nosozlikni aniqlab, bartaraf etish uchun navbatchi brigadalar safarbar etiladi.

 

  Bu haqda batafsil:

Ўзб.: ЭНЕРГОТИЗИМДА МУВОЗАНАТНИ САҚЛАШ — КЕЧИКТИРИБ БЎЛМАС УСТУВОР ВАЗИФА
http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/597
O‘zb.: ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA
http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/597
 Рус.: БАЛАНС В ЭЛЕКТРОСИСТЕМЕ — НЕОТЛОЖНЫЙ ПРИОРИТЕТ
http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/597

 

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

               https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5718

 

   Misol uchun, 18-martdan 19-martga o'tar kechasi "Sirdaryo IES" AJ bilan 500 kVli "O'zbekiston" podstansiyasini bog'lovchi L-503 elektr uzatish tarmog'ida kuchli shamol ta'sirida nosozlik kelib chiqqani aniqlandi. Tahlil va o'rganishlar natijasida nosozlik EUTning 110 - va 111-sonli tayanch ustunlari orasida ekanligi ma'lum bo'ldi. Nosozlik kelib chiqqan ondayoq rele himoyasi va avtomatika tizimi ishlab, quvvat oqimi "halqa" tizimi orqali, L-524 - va L-550-sonli yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga qo'shimcha yuklama berilishi natijasida, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini past kuchlanuvchi tarmoqlarga etkazib berish jarayoni to'xtab qolmadi.

  Shu o'rinda ushbu holat yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xos bo'lgan muhandislik yechimi ekanligini alohida ta'kidlash lozim.

 
 

  Muhimi jihati shundaki, "Sirdaryo IES" AJ bilan 500 kVli "O'zbekiston" podstansiyasini bog'lovchi L-503 elektr uzatish tarmog'ining katta qismi qo'shni Tojikiston Respublikasi hududidan o'tgan bo'lib, nosozlik kelib chiqqan joy aynan qardosh mamlakatning notekis dasht hududida joylashgan ekan.

 

  "Farg'ona magistral elektr tarmoqlari" filiali muhandis-texnik xodimlari mavjud talablarga rioya etgan holda chegara postidan o'tib, tojikistonik energetiklar bilan nosozlikni bartaraf etishdi. Yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish havo tarmog'ining o'tkazgich simining bir tolasida yuzaga kelgan nosozlik to'liq bartaraf etildi.

  Kechasi boshlangan ish jarayoni bugun, 20-mart kuni soat 10:15 qadar davom etdi. Tundagi kuchli shamol sozlash ishi jarayoniga turli qiyinchiliklar tug'dirgani rost. Ammo qo'yilgan vazifa texnik talablarga muvofiq to'liq bajarildi.

 

  Farg'onalik energetiklar faqat maxsus texnika va mexanizm yordamida yetib borish mumkin bo'lgan dasht bag'rida bir necha metr balandlikdagi nosozlikni tunning kuchli shamol sharoitida bartaraf etishda bevosita yordam bergan tojikistonlik hamkasblariga minnatdorlik bildirmoqda.

  Ayni paytda L-503 elektr uzatish tarmog'idagi nosozlik bartaraf etilgan bo'lib, "Farg'ona magistral elektr tarmoqlari" filiali muhandis-texnik xodimlari O'zbekistonga, brigadaning navbatdagi tungi navbatchiligini davom ettirish uchun xizmat hududida qaytishmoqda.

 

https://uza.uz/oz/

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>