100 dan ortiq potentsial investorlar elektr energetikasi sohasidagi ikkita loyiha bo'yicha tenderoldi yig'ilishlarida ishtirok etdi.
Joriy yilning 9 va 11-mart kunlari "500/220 kVli "Muruntov" podstansiyasini qurish va ikkita 3x167 Mvalik avtotransformatorlarini o'rnatish" hamda "Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli "Besopan" o'chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog'ini 500 kVli gabaritda qurish" investitsiya loyihalari doirasida onlayn muloqot tashkil etilgan edi.
Tenderoldi muhokamalari GOPA — International Energy Consultants GmbH konsalting kompaniyasi hamda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ishtirokida o'tkazildi.
Turli mamlakatlardan ishtirok etgan qiziquvchilar e'lon qilingan tenderlar bo'yicha kerakli ma'lumot va izohlarni olishdi. Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining vakillari onlayn muloqotda kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.
http://minenergy.uz/uz/news/view/1159
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati