Yangiliklar
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2020-yil yakunlari natijadorligi to‘g‘risida ma'lumot
  • 11.01.2021
  • 363

I.  2020-yilda qayd etilgan asosiy ko‘rsatkichlar

1. 2020-yil davomida 53,9 mlrd. kVt•soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,7 % bajarildi (o‘sish sur'ati 106,9 %).

2. Texnologik sarflar 239,1 mln. kVt•soatga kamaytirishga erishildi (reja 1759,1 mln. kVt•soat, amalda 1 520,0 mln. kVt•soat).

3. Investitsiya dasturi doirasida jami 95,213 mln. AQSh dollari hisobida mablag‘lar o‘zlashtirilib, 4 ta investitsion loyihalar bo‘yicha 43,3 mln. doll. iqtisod qilish hisobiga reja 78,5 %ga bajarildi (reja 121,3 mln. doll.);

4. 2020-yilda qo‘shimcha 1 542 MVA o‘tkazuvchanlik quvvati yaratildi.

Jumladan:

• yangi qurilish dasturi asosida quvvati 400 MVA 220 kVli «Sergeli» podstansiyasi ishga tushirildi;

• modernizatsiya dasturi asosida 11 ta podstansiyada 1142 MVA qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati yaratildi;

• 11 dona kuch transformatorlari, 91 dona o‘chirgichlar, 19 dona havo kompressorlari, 1 148,2 km havo liniyalari mukammal ta'mirlandi.

5. 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi (reja bo‘yicha 100,0 foiz).

II. 2020 yilda qayd etilgan boshqa ko‘rsatkichlar

  2020-yil uchun Jamiyatning tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi» asosida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg malaka oshirish energetika instituti bilan hakorikda, pandemiya sharoitida (masofadan) 15 nafar podstansiya operativ xodimlarini, so‘ngra 20 nafar o‘rta bo‘g‘in rahbarlarini onlayn o‘qitildi.

  Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2020-yiil 5-oktabrdagi «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 20 nafar mutaxassis-xodimi milliy dispetcherlik tizimini nazorat qilish va ma'lumotlarni yig‘ish bo‘yicha (SSADA) va energiyani boshqarish tizimi (YMS) joriy etilishi bo‘yicha o‘qitildi.

  Bundan tashqari, jamiyatda mavjud Ustoz-murabbiylar guruhi, ya'ni «O‘zbekiston MET» AJda mehnat faoliyati olib borayotgan, ilmiy darajaga ega mutaxassis-kadrlarning bilim-tajribasi hamda pedagogik mahoratidan foydalanib, pandemiya karantini e'lon qilingan pallada haftaning shanba kunlarida online rejimidagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Jamiyat tasarrufidagi «Nurafshon» sanatoriyasida 2020-yil dekabr oyidan 2021-yil mart oyigacha malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

  Jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat tizimi samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi – ERP dasturini, shu bilan birga, dispetcherlik boshqaruvi va ma'lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksi – SCADA dasturini joriy qilish yuzasidan rejaga muvofiq ishlar amalga oshirilmoqda.

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>