“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Abdurahmonov Farhod Mamurovich “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Farhod Abdurahmonov o‘z faoliyatini 2004 yilda “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyatida boshlagan, u ushbu korxonada turli lavozimlarda ishlagan, 2015 yildan buyon aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Abduhamid To‘rabboyevich Jo‘rayev “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Abduhamid Jo‘rayev bunga qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati.
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Kanalga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati