Yangiliklar
ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDA UZILISHLAR KUZATILMOQDA. YUZAGA KELGAN MUAMMO BARTARAF ETILMOQDA
  • 04.01.2021
  • 345

  Bugun soat 6:59 da va 10:10 da "Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"ga qarashli neft va gaz qazib chiqarish konlarini elektr energiyasi bilan ta'minlab turgan "Neftchi" podstansiyasidan chiquvchi L-Zevarda -1,2 elektr uzatish tarmoqlari rele himoyasidan o'chgan.

  Natijada, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz soatiga 140-175 ming metr kubga qisqargan. Buning natijasida elektr energiyasi ta'minotida respublika hududlari bo'ylab 600-800 MVtgacha cheklovlar kuzatilmoqda.

  Ushbu yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan soat 12:15da bartaraf etilib, Zevarda, Janubiy kemachi, Janubiy O'rtabuloq, Dengizkul, Samontepa siquv kompressor stansiyalaridagi gaz xaydash agregatlari qayta ishga tushirilmoqda. Natijada magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi qayta tiklana boshladi.

  Yuzaga kelgan muammo bugun soat 23:00 ga qadar to'liq bartaraf etiladi. Nosozlik sabablari tegishli mutaxassilar tomonidan aniqlanmoqda.

  Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'raymiz.

 

Manba: Energetika vazirligi Matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/

https://kun.uz/

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>