OAV va jamoatchilik bilan ishlash
"XALQQA KERAGICHA ENERGIYA BERINGLAR, QARZ DAFTARGA YOZISHAYOTGANI YO'Q, XALQ PULIGA SOTIB OLYAPTI»
  • 28.01.2021
  • 501

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/705 ijtimoiy tarmoq sahifalarida e'lon qilingan ayrim savollarga taalluqli javoblar ommaviy axborot vositalarining rasmiy narshlarida (e'lon qilingan ma'lumotnoma xabarlaridan iqtiboslar

✍️ "Otabek Artikov" Telegram kanali:
❓ "...Xalqqa keragicha energiya beringlar, qarz daftarga yozishayotgani yo'q xalq puliga sotib olyapti.

Qaytaraman nega aynan 18.0 mln kVt soat nega 20 emas, 30 emas, aynan 18.0 mln kVt soat, nimaga asosan bunday, aniq javob beringlar karam sho'rva kerak emas!»
https://t.me/joinchat/AAAAAEtFvRLnjN1jTBScYg

______

"...Elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sababi – havo haroratining sovib ketishi natijasida elektr energiyasi iste'molining keskin ortib ketishi tufayli yuzaga keladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon beradi.»

❗️ Manba: elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar – iste'molning ortishi tufayli yuzaga keladi http://minenergy.uz/uz/news/view/913

 

 

"...qarzdorlik holatlarini bartaraf etish, hisobga olish tizimini qoidalar talablariga mosligini nazorat qilish, ta'minotchi korxona xodimlari tomonidan iste'molchilar bilan ishlashda o'zlariga belgilangan vazifalarni qay darajada bajarayotganligi aniqlash yuzasidan "O'zenergoinspeksiya" Qashqadaryo hududiy bo'limi xodimlari tomonidan Koson tumanida "Qashqadaryo het" AJ xodimlari ishtirokida o'rganish o'tkazildi.

  O'rganish davomida 10 dan ortiq xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda qonun buzilishlar aniqlandi. Jumladan, hisoblagichdan tashqari foydalanish va o'zboshimchalik bilan almashtirish, shartnomasiz noqonuniy foydalanish hamda shartnomada tarifni noto'g'ri qo'llanganligi ma'lum bo'ldi.»

  ‼️ Manba: Qashqadaryo viloyatida qariyb 520 million so'm miqdoridagi energiya dasturga kiritilmaganligi aniqlandi."http://minenergy.uz/uz/news/view/926

"...iste'molchilarning qarzdorliklari bo'yicha o'tkazilgan tahlillarga ko'ra, bugungi kun holatiga qarzdorligi yuqori bo'lgan ya'ni 1 mln so'mdan 3 mln so'mgacha bo'lgan qarzdor aholi iste'molchilar soni 157 839 nafarni, 3 mln so'mdan 5 mln so'mgacha 14 890 nafarni va 10 mln so'mdan yuqorisi 5 199 nafarni tashkil etmoqda" – deydi "hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Jahongir Obidjonov.

  Tezkor ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston elektr energiyasidan umumiy qarzdorlik 3,5 trillion so'mni tashkil qilmoqda, undan aholining qarzdorligi esa 2,4 trillion so'mdan ziyodni tashkil etmoqda.

  O'zbekiston bo'yicha eng yuqori qarzdorlik Samarqand, Navoiy va Andijon viloyatlariga to'g'ri keladi. Samarqand viloyatning elektr energiyasidan 646 milliard so'm qarzdorligi mavjud bo'lib, shundan 553 milliard so'mi aholi qarzdorligi hisoblanadi. Navoiy viloyatining qarzdorligi 410 milliard so'mni tashkil qiladi. Andijon viloyatining qarzdorligi esa 273 milliard (247 milliard so'mi aholiga tegishli) so'mdan iborat.

  "Qarzdorliklarning yuqori miqdorlarda saqlanib qolishi iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun amalga oshiriladigan yangi investision loyihalar amalga oshirilishiga, yangi transformator punktlari va elektr tarmoqlarini qurish va modernizasiya qilishga ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli men iste'molchilarimizdan qarzlarini o'z vaqtida to'lashlarini iltimos qilaman.»

  ‼️ Manba: O'zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik miqdori 3,5 trillion so'mni tashkil qilmoqda https://kun.uz/52970312
______

  P/S: "Qashqadaryo elektr tarmoqlari korxonasi" AJning (shartli ravishda Qashqadaryo viloyati iste'molchilarining) 2021 yil 1 yanvar holatiga iste'mol qilingan elektr energiyasidan qarzdorligi 341 milliard 863 million 100 ming so'mni tashkil etmoqda.

  Ushbu qarzdorlik tarkibida 2020 yil davomida yirik o'sish holati ro'y bergan, ya'ni 2020 yil 1 yanvar holatidagi qarzdorlikka yil davomida yana 187 milliard 952 million so'm qarzdorlik ( ❗️ ) qo'shilgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>