OAV va jamoatchilik bilan ishlash
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI ASOSAN ISHLAB CHIQARILGAN ELEKTR ENERGIYASINI YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI ORQALI UZATISH (TRANSPORTIROVKA) BILAN SHUG‘ULLANADI
  • 29.01.2021
  • 649

  «O`zbekiston MET» АJ axborot xizmati Qashqadaryo viloyatida so`nggi hafta davomida yuz bergan uzilishlar bo`yicha hech qanday maʼlumot bermadi hozircha. Qolaversa, viloyatga 18 mln kVt/soat elektr energiyasi yetmayotgan ekan, nega ko`paytirish choralari ko`rilmayapti?

 Qashqadaryodagi bo`limlarda axborot xizmati yo`qligi sababli o`tgan hafta davomida viloyat bo`yicha yuz bergan uzilishlar va Jamiyatga tegishli yirik podstansiyalardagi holat yuzasidan maʼlumot kutamiz.

 https://t.me/kunuzQashqadaryo/2492

 

 

 Savol: O`zbekiston Respublikasi energetika sohasining elektr energetika tarmog`iga masʼul tashkilotlar nomi va ularning asosiy vazifalarini sanab bersangiz...

 Javob: O`zbekiston elektr energetika tarmog`iga asosan 4 ta tashkilot masʼul boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Prezident qarorlari hamda Hukumat topshiriqlari ijrosi nazorat qiluvchi va tarmoqda istiqboldagi rejalar strategiyasini belgilovchi — muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

 

 

   Demak:

   1) «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati anʼanaviy turdagi, yaʼni neft mahsulotlari, tabiiy gaz, yerosti gazi, mazut hamda ko`mir yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

   2) «O`zbekgidroenergiya» aksiyadorlik jamiyati qayta tiklanuvchi, yaʼni muqobil turda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan gidroinshootlar faoliyatini boshqaradi;

   3) «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli (220–500 kV) magistral elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali uzatish (transportirovka) bilan shug`ullanishdan tashqari elektr energiyasi importi va eksporti, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari, shu bilan birga, yirik investitsion loyihalar bo`yicha Hukumat topshiriqlarini bajaradi;

   4) «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati past kuchlanishli tarmoqlar orqali elektr energiyasini taqsimlash va yetkazib berish, past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalar faoliyatini boshqarish va ularga servis xizmatlar koʼrsatish, qurilish-montaj, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari, shuningdek hisoblagichlar o`rnatish va isteʼmol qilingan elektr energiyasi to`lovlari hisobdorligini yuritish bilan shug`ullanadi.

 

 

   Аholi, ijtimoiy soha obʼektlari, o`rta va kichik biznes vakillari va yirik sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiluvchi tashkilotlar qatorining eng boshida geologlar, geologiya-qidiruv boshqarmalari, konchilar, qazib oluvchilar, neft mahsulotlarini qayta ishlovchilar, loyihalash institutlari, tabiiy gaz, yerosti gazi, ko`mir va boshqa neft mahsulotlari yetkazib beruvchi — «O`zbekneftgaz», «O`ztransgaz», «Hududgaztaʼminot» va «O`zbekko`mir» kabi tashkilotlar turadi va bu bo`g`unning eng so`nggi nuqtasi elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan tugaydi.

   Batafsil:  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/597

   Podrobno: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/597

   «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» АJ o`z faoliyat majburiyatlariga ko`ra iste`molchilar bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar imzolamagani, yaʼni jismoniy hamda isteʼmolchi yuridik shaxslar bilan hisobdorlik yuritmagani bois Аxborot xizmatining filial boʼlimlarini ochish, mutaxassislarni jalb etish, ularning oʼz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini yuritish kabi amaliyotlar, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — Jamiyat Yagona aksiyadorning ko`rsatmalariga binoan iqtisodiy-tashkiliy tarkibga ko`ra http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/78 nazarda tutilmagani bois, ayni paytda filiallar huzurida Аxborot xizmatlari tashkil etilmagan.

   Mamlakatimizga kirib kelgan sovuq ob-havo oqimi hamda kuchli shamol, qor bo`roni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda transformator punktlariga yetkazilgan shikast natijasida Respublikamizning turli hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar https://t.me/hetmuloqot/4149 kuzatildi.

 Talofat yetgan barcha hududlarda elektr energiyasi qayta tiklandi https://t.me/minenergy_uz/2720

   Maʼlumot o`rnida: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug`iga binoan «O`zbekiston MET» АJ tarkibida Аxborot xizmati tashkil etilgan;

   «O`zbekiston MET» АJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz  va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar — media makonda Jamiyat faoliyatiga tegishli negativ maʼlumotlarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, xabar va maʼlumotlar eʼlon qilib borilmoqda;

  Jamiyat veb-saytida «MUROJААTLАR» nomli rukn tashkil etilgan boʼlib, unda internet foydalanuvchilari (isteʼmolchilar, tadbirkorlar) o`zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega;

   Аxborot xizmati Energetika vazirligi hamda Аksiyadorlik jamiyati rahbariyatining topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining ko`rsatmalari, Аxborot xizmati Nizomi, Matbuot kotibi yo`riqnomasiga binoan OАV hamda jamoatchilik bilan ishlash faoliyatini yo`lga qo`ygan.

"O`zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>