Qadimgi ajdodlarimiz elektr baliqlarining xususiyatlari haqida bilishar edi...
Miloddan avvalgi 2750-yillarga oid qadimgi Misr yozuvlarida bunday xususiyatga ega baliqlar "Nil momoqaldiroqlari" deb nomlangan va afsonalarga ko'ra ular "baliqlarning himoyachilari" sifatida ta'riflangan.
Yana ming yillardan so'ng "ko'rinmas nur bilan kuydiruvchi" baliqlar haqida qadimgi yunon, rim va arab tabiatshunoslari, tabibu hakimlari o'z yodnomalarida bitiklar yozib qoldirishgan.
Masalan, Pliniy oqsoqol va Skribonius Larg elektr balig'ining xususiyatlari, elektr nurlari natijasida hosil bo'lgan elektr zaryadlarining falajlovchi ta'siri borligi va bunday zaryadlar o'tkazuvchan jismlar bo'ylab harakatlanishi mumkinligini qayd etishgan.
Ba'zi tabiblar tomonidan bosh og'rig'i kabi kasalliklarga duchor bo'lgan bemorlarni davolash umidida elektr baliqlarini ushlash muolajalari buyurilgani haqida ma'lumotlar mavjud.
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati