Elektr energiyasi lotincha "electricus" so'zidan (qadimgi yunoncha "ἤλεκτρον") olingan bo'lib, zaryadlangan erkin elektron zarralarining o'zaro ta'siri va tartibli harakati natijasida yuzaga keladigan hodisalar majmui hisoblanadi.
Ushbu atamani ilk bor ilmiy adabiyotga ingliz tabiatshunosi Uilyam Xilbert 1600-yilda yozilgan "Magnit, magnit jismlar va yirik magnit — Yer to'g'risida" asarida kiritgan.
Risolada magnit kompasining ish xususiyatini batafsil tushuntiradi va magnitlangan jismlar ustida o'tkazgan o'zining ba'zi tajribalarni tasvirlaydi. Muallif asarida tabiatdagi boshqa moddalar ham elektrlashtirilish, ya'ni ma'lum bir darajada magnit maydoni hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqlaydi.
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati