Yangiliklar
Bugun, 22-dekabr — Energetiklar kuni! Ushbu bayram sanasi bilan barcha soha vakillarini, hamkasblarimizni tabriklaymiz!
  • 22.12.2020
  • 1957

    Mazkur sananing tarixi 1920-yilga borib taqaladi. Aniqrog'i, bundan rosa bir asr ilgari Sovetlar davlatida "Davlat elektrlashtirish rejasi" qabul qilinganligi munosabati bilan Ittifoq Oliy Kengashining 1966-yil 23-maydagi farmoniga ko'ra 22-dekabr Energetiklarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi.

   Ayrim MDH davlatlarida ushbu bayram dekabr oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi va rasmiy maqomga ega emas. Shuningdek, energetiklar bayrami hech qayerda dam olish kuni deb e'lon qilinmagan. Aksincha, yilning eng uzun tuni bo'lgani uchun energetiklar odatdagidan ko'proq mehnat qilib, xonadonlarga yorug'lik va issiqlik olib kiruvchi kasb egalari sifatida e'tirof etiladi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>