Yangiliklar
DIQQAT, E'LON! SIYOSIY-MA'RIFIY O‘QUV SOATLARI O‘TKAZILADI
  • 10.12.2020
  • 577

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2020-yil 3-dekabrdagi UT7446113564-sonli murojaati hamda Energetika vazirligining 2020-yil 9-dekabrdagi 04186682-sonli topshiriqnomasi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ijro uchun qabul qilindi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan haftaning juma kunlari soat 9:00 dan 10:00 gacha vazirlik va idoralar uchun muntazam ravishda siyosiy-ma'rifiy o‘quv soatlari (masofadan) tashkil etilayotganligi munosabati bilan  Jamiyatning markaziy boshqaruv apparati, boshqarma, bo‘lim, xizmat va magistral elektr tarmoqlari rahbarlari hamda mutaxassis-xodimlarni ushbu onlayn o‘quv soatlarida faol ishtirok etishi so‘raladi.

   Siyosiy-ma'rifiy o‘quv soatlari uchun havola:
   https://www.youtube.com/

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun: t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>