Yangiliklar
ANDIJONDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YANADA YAXSHILANADI
  • 07.12.2020
  • 576

   “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

   Yangi bino ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda so‘z olgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov va boshqalar tomonidan mamlakatimizda tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida elektr energiyasi ta’minoti yildan yilga yaxshilanib borayotganligi, bu iqtisodiyotimiz hamda aholi turmush farovonligini yuksalishiga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.

   «O‘zbekitson milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufiga kiruvchi respublikamizdagi mavjud 22 ta podsansiyada qurilish-montaj hamda modernizatsiya ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filialining yangi binosi barpo etilganligi bu boradagi ishlarning debochasi bo‘ldi.

   - Filialimiz viloyat hududidagi 500 kVoltli “Lochin”, 220 kVolt kuchlanishdagi “Yulduz”, “Xakan”, “Fozilmon”, “Bobur” podstansiyalariga xizmat ko‘rsatadi, - deydi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali rahbari Kozimjon Yo‘ldoshev. – Filialimiz uchun qurilgan yangi bino, ajratilgan yangi texnika va uskunalar, yaratilgan shart-sharoitlar faoliyatimizni yanada samarali bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

   Filialning ikki qavatli, zamonaviy, ko‘rkam va barcha qulayliklarga ega binosi qurilishi va jihozlanishi uchun 4,7 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

   Ayni paytda filial tasarrufidagi elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi 475,5 kilometrni, mavjud 5 ta podstansiyaning elektr quvvatni o‘tkazish imkoniyati 1 ming 982 MVAni tashkil etadi, 20 dan ziyod turli texnika vositalari mavjud. Shuningdek, filial tizimidagi 1 ta bo‘lim, 4 ta xizmat, 10 maxsus guruh tarkibida 220 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi.

   Filialda olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida 220 kVli «Yulduz» podstansiyasi quvvatni oshirish maqsadida 2 dona 125 MVA avtotransformator o‘rniga 2 dona 200 MVA avtotransformator o‘rnatilib, ishga tushirildi. Bu bilan iste’molchilarning elektr energiyasi bilan ta’minlanishi qo‘shimcha 150 MVtga oshirildi. Bundan tashqari, mikroprotsessorli panellar, 12 dona 110 kVli, 12 dona 220 kVli razryadniklar, 3 dona 10 kVli tok cheklovchi reaktor, OGI rusumidagi akkumulyator batareyalar, THILEC rusumli zaryadlash jihozlarini ta’mirlash, umuman, eskirgan jihoz va uskunalarni yangisiga almashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

 

 

F. UBAYDULLAEV, Z. UMURZOQOV (foto), O‘zA

Batafsil: https://uza.uz/oz/

 

 

 

"Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali ishchi-xodimlari tomonidan tayyorlangan rolik

(havaskorlik ishi namunasi)

   Andijon viloyati: Aholini uzluksiz elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlash ishlarini yoritishga bag`ishlangan press-tur

    https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5224

   ANDIJONLIK ENERGETIKLAR O`Z FAOLIYATINI YANGI BINODA DAVOM ETTIRISHADI

   https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5248

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

   http://uzbekistonmet.uz/uz/

   «Андижон магистрал электр тармоқлари» филиали фаолиятига бир назар...

   https://telegra.ph/uzbekistonmetuz-12-04-3

   «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali faoliyatiga bir nazar...

   https://telegra.ph/uzbekistonmetuz-12-04-4

 

"O`zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>