Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI MATBUOT XIZMATI RAHBARI ELMIRA BEKMURODOVANING MUROJAATI
  • 30.11.2020
  • 615

   Hurmatli iste'molchilar!

   Kuz-qish davrida, ayniqsa, shu kunlarda havo haroratining keskin pasayishi davrida biz uchun asosiy vazifa – bu xonadoningiz, shuningdek, shifoxonalar, bolalar bog'chalari, maktablar kabi barchamiz uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ob'ektlarda issiqlik va yorug'lik bo'lishi uchun zarur bo'lgan barcha choralarni ko'rish hisoblanadi.

   Shuni ishontirib aytamizki, elektr ta'minotidagi uzilishlar yoki gaz ta'minoti bilan bog'liq holatlar to'g'risida to'liq xabardormiz va bu vaziyatdan qattiq xavotirdamiz. Ana shunday vaziyatlarda ta'mirlash guruhlari hamda jalb qilingan mutaxassislar zudlik bilan yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha ishlarni olib bormoqdalar. Vaziyatni to'liq monitoring qilib, doimiy ravishda nazoratga olib bormoqdamiz.

   Kuzning birinchi oyidan boshlab Energetika vazirligining maxsus shtabi mutaxassislari tomonidan mavsumga oldindan tayyorgarlik ko'rilayotgani bois mamlakatimizning har bir viloyatida energiya ta'minoti bilan bog'liq vaziyatni o'rganish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ammo, bir narsani tushunishimiz kerakki, mamlakatimizda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalarining 50 foizigacha 30-40 yil davomida faoliyat yutirgan. Ularning jismonan va ma'nan eskirganligi tufayli energobloklarning ishdan chiqishiga olib kelmoqda. Bu esa elektr stansiyalarining ayrim energiya bloklari faoliyatida uzilishlar yuz beradi. Shu sababli, elektr uzilishlarini minimallashtirish usullaridan biri bu energiya tizimini, shu jumladan issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilishdir. Energetika vazirligi ushbu yo'nalishda doimiy ish olib bormoqda. Lekin, bir kecha-kunduzda eskirgan tizimni tartibga solish mumkin emas, buning uchun vaqt va mablag'larni qayta taqsimlash kerak bo'ladi.

 

 

   Aholi sonining ko'payishi va mamlakatning iqtisodiy salohiyati bilan bog'liq bo'lgan energiya talabining doimiy ravishda o'sib borishini kuzatmoqdamiz. Bu hammamiz uchun juda yaxshi yangilik, chunki bu Siz, aholi, ko'proq iqtisodiy imkoniyatlarga ega ekanligingizni anglatadi. Biz, energetiklar, bu nafaqat energiya tizimini modernizatsiya qilish, balki elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, yangi elektr stansiyalarini qurish, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan loyihalarni amalga oshirish ustida ishlashimiz lozimligini anglatadi. Chunki bizning ustuvor vazifamiz aholining talab va ehtiyojlarini ta'minlash hisoblanadi.

   O'zbekistonda mavjud elektr stansiyalarining quvvati aholining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojini va mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan kuz-qish davrida to'la qondirishga imkon beradi. Mamlakatdagi elektr energiyasining asosiy qismi gazni issiqlik manbai sifatida ishlatadigan issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladi. Shuning uchun sovuq mavsumda gaz birinchi navbatda elektr stansiyalariga, shuningdek aholiga yetkazib beriladi. Biroq, iste'molning eng yuqori yuklama (pik) paytida, ayniqsa sovuq mavsumda, elektr energiyasini iste'mol qilishning keskin o'sishi sababli, tizimning qisqa muddatli uzilishlari mavjud. Odatda mazkur yuzaga kelgan noqulayliklar mutaxassislarimiz tomonidan 2 soatdan 5 soatgacha bo'lgan vaqtda bartaraf etiladi.

   Yana bir bor ishontirib aytamizki, biz qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklarning oldini olish uchun zarur bo'lgan barcha choralarni ko'ramiz.

   Hurmatli iste'molchilar, tushunganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz va ishonamizki, yaqin kunlarda barchamiz Vatanimiz farovonligi yo'lida qilayotgan ulkan mehnatimiz samaralarini his qilamiz.

 

O'zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/

"O'zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>