Yangiliklar
«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALIDA SPORT MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
  • 27.11.2020
  • 612

Hech kimga sir emas, oxirgi yillarda mamlakatimiz miqyosida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va zarur shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

  Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilarni aniqlash maqsadida magistral elektr tarmoqlari korxonalarida ham turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

 

  Masalan, «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialida o‘tkazilgan musobaqada 30 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Sport musobaqalari ishtirokchilari filial tasarrufidagi barcha podstansiya, elektr uzatish havo tarmoqlari, elektr uskuna va jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi guruh hamda xizmat xodimlari ekanligi Jamiyat xodimlarining sportga oshnoligidan darak.  

 

Keling, sport musobaqasida g‘olib bo‘lgan Navoiylik energetiklar bilan tanishtirib o‘tamiz:

 Stol tennisi bo‘yicha:

1-o‘rin — Oynazarov Shavkat, sinov xizmati muhandisi;

2-o‘rin — Hamroyev Xurshid, transport xizmati haydovchisi;

3-o‘rin — Abdullaev Sayfullo, «Navoiy nasos» podstansiyasi elektrchilangari.

 

Shaxmat bo‘yicha:

1-o‘rin — Ravshanov Fayzulla, aloqa xizmati muhandisi;

2-o‘rin — Hamroyev Xurshid, transport xizmati haydovchisi;

3-o‘rin — Bobojonov Hamza, Rele himoyasi xizmati elektromontyori.

 

Shashka bo‘yicha:

1-o‘rin — Xamroyev Sadriddin, «Qiziltepa» podstansiyasi elektrchilangari;

2-o‘rin — Xasanov Umidjon, Rele himoyasi xizmati elektromontyori;

3-o‘rin — Fayzullayev Nurkomil, sinov xizmati elektromontyori.

 
Futbol bo‘yicha «Qiziltepa» podstansiyasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Voleybol bo‘yicha «Ximiya» podstansiyasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.
 
Aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati sport musobaqasi g‘oliblarni tabriklaydi.

  Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialining asosiy ish faoliyati elektr energiyani ishlab chiqaruvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini uzatish (transportirovka), shuningdek, boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorlikni amalga oshirishdan iborat va u O‘zbekiston Respublikasining elektr energetikasi to‘g‘risidagi Qonuni, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialining Nizomi asosida ish faolyatini olib boradi.

 
 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>