Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari uchuvchisiz apparat (dron) yordamida navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 08.11.2024
  • 39

Sirdaryo viloyati hududidan o‘tgan, texnik-muhandislik nomi L–510 hamda L-521 bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari uchuvchisiz qurilma yordamida navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan dasturga asosan magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish jarayonida tajriba tariqasida uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalardan (dron) foydalanish belgilangan.

⚡️ Uchuvchisiz uchadigan qurilma (dron) — 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari o‘tgan murakkab relyefli hududlarini nazorat ko‘rikdan o‘tkazish, avariya holatlari yuz berganda qisqa vaqt ichida nosozlik sabablarini aniqlash va boshqa texnik-muhandislik hamda loyihalashtirish ishlarida foydalaniladi.

FacebookInstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>