Bugun, 18-oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Renessans Hall” tadbirlar zalida Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Yashil” energiyaga o‘tish istiqbollari: erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar” mavzusida panel sessiyasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning energetika sohasi vakillari ishtirok etdi.
O‘tgan 6 yilda O‘zbekistonda issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan umumiy qiymati 29 mlrd 234 mln dollarga teng bo‘lgan 50 ta bitim imzolandi. Bu O‘zbekistonda investorlar tomonidan 50 ta zamonaviy elektr stansiya quriladi, degani.
Olib borilgan ishlar natijasida, bugungi kunda 7 ta viloyatda umumiy quvvati 2,7 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Shunday qilib, oxirgi 6 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yaratilgan yangi quvvatlar hajmi 8 492 MVtdan oshdi.
2030-yilga borib “yashil” elektr stansiyalar quvvatini 20 GVtdan oshirish orqali ularning umumiy energiya ishlab chiqarishdagi ulushini 40 foizgacha yetkazish maqsad qilingani ta’kidlandi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/13272
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati