⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Muvofiqlik tizimi (Komplaens) xizmatiga boshlig‘i lavozimi.
❗️TALABLAR:
1️⃣ Yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit mutahassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumoti;
2️⃣ Moliya, soliq, komplayns-nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bog‘liq sohalarda ish tajribasi va samarali ish stajiga ega;
3️⃣ Komputerda ishlashni mukammal bilishi (Microsoft Office, Exsel, Word, Power Point, Outlook, Internet) lozim;
4️⃣ Ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalariga ega bo'lish;
5️⃣ Ish faoliyati bo‘yicha xizmat safariga tayyor bo‘lish;
6️⃣ Moliya-iqtisod va yuridik soha yo‘nalishlarida oliy ma’lumotli va kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi, davlat tili (o‘zbek) va rus tillarini bilishi lozim, ingliz tilini ham bilishi ustunlik beradi.
⇒ Lavozim vazifalari: Komplayns nazorat sohasida jamiyat ichki tartib-qoidalariga asosan nazorat olib borish.
Yillik va choraklik hisobotlarini jadvallar ko'rinishida amalga oshirish; Hududlar kesimida o‘rganish ishlari olib borish; E-Antikor.uz elektron platformasiga belgilangan hujjatlarni kiritish; Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida seminarlar tashkillashtirish; Aksiyadorlik jamiyati zimmasiga olingan vazifalarni bajarilishini ta'minlash, nazorat hujjatlarini qabul qilish va viloyatlar bo‘yicha xizmat safarini amalga oshirish va boshqalar; Komputer savodxonligi (mukammal): Microsoft Office dasturlari, E.Xarid.uz, E-Kontrakt, Didox, ijro EDO.IJRO.UZ dasturlarida ishlashni mukammal bilishi lozim; Tizim korxonalari faoliyatida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
⏺️ Tizim korxonalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularning oldini olishga va chek qo‘yishga, oqibatlarini, shuningdek, ushbu jinoyatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirilishini ta’minlash;
⏺️ Xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda har qanday korrupsion holatlar, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish masalalarini tartibga solish;
⏺️ Tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish to‘g‘risida amaldagi meʼyoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;
⏺️ Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat dasturlari bo‘yicha jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;
⏺️ Moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish va tizimli monitoring o‘tkazish;
⏺️ Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatning qonunchilikka mosligini monitoring qilish;
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati