Bo'sh ish o'rinlari
Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi!
  • 30.08.2024
  • 122

Bugun, 2024-yil 30-avgust kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga  hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:

1️⃣ Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis;

2️⃣  Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhi menejeri (boshlig‘i) lavozimi;

3️⃣ Investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘limiga Investitsiya loyihalari monitoringi bo‘yicha mutaxassisi lavozimi.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

⇒ Onlayn rezyume

Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni  ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.

❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga  tavsiyalar.

Elektron pochta:  kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>