⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimlarning dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va kuzatib borish guruhining yetakchi muhandisi
❗️TALABLAR:
♦ Maʼlumoti: Oliy texnik;
♦ Ish tajribasi va staji: muhandis dasturchi sifatida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
♦ Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni mukammal bilishi;
♦ Qo‘yidagi bilimga ega bo‘lish zarur:
► Dasturlash usullari va axborotni qayta ishlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tartibga soluvchi materiallar;
► Texnik va ekspluatatsion xarakteristikalar, konstruktiv xususiyatlar, jihozlarning qo‘llash usullari va ishlash rejimlari, axborotni mexanizatsiyalashtirish, qayta ishlash texnologiyasi;
► Axborotni tasniflash va kodlash usullari;
► Rasmiylashtirilgan dasturlash tillari;
► Amaldagi standartlar, sanoq tizimlari, shifrlar va kodlar;
► Matematik va mantiqiy tahlil usullari;
► Dasturlash usullari;
► Texnik hujjatlarni tayyorlash tartibi;
► Dasturlash va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion tajriba;
► EXCEL va WORD hujjatlarini yaratish va qayta ishlash vositalari;
► VISUAL BASIC FOR APPLICATIONS dasturlash vositalari haqida umumiy bilim;
► ACCESS kabi relyatsion maʼlumotlar bazalarining asoslari. SQL tuzilmaviy so‘rovlar tili. SQL SERVER yoki MySQL maʼlumotlarga kirish va ularni himoya qilish usullari;
► REBUS, FOXBASE, CLIPPER 5.01 yoki FOX PRO tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
► Elektr energiyasini ishlab chiqarish tizimlari, energiya taʼminoti va energiya isteʼmoli haqida tushunchaga ega bo‘lish tavsiya etiladi;
Asosiy vazifalar:
♦ Matematik modellar va algoritmlarni tahlil qilish asosida muammoning yechimini amalga oshiradigan dasturlarni ishlab chiqish.
♦ Amalga oshirilgan dasturlar va dasturiy taʼminotni takomillashtirish.
♦ Dasturlashni avtomatlashtirish usullari va vositalarini, hamda standart dasturiy vositalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
♦ Yechilayotgan masala bo‘yicha axborotni o‘rganish va tahlil qilish, uning mohiyatini shakllantirish va matematik tavsif berish.
♦ Umumiy dastur tarkibiga kiruvchi dastur va kichik dasturlar uchun texnik shartlar va topshiriqlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
♦ Muammoni eng oqilona hal qilish imkoniyati va usullarini aniqlash.
Boshqa eʼlonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6665.
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati