Yangiliklar
«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALIDA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI
  • 26.10.2020
  • 1170

  Yurtimizda xalq xo‘jaligi, shuningdek aholi turmush darajasining o‘sishi, turli zamonaviy maishiy elektr jihozlarining turmushda foydalanish ko‘lami kengayotgani bois elektr energiyasiga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini oshirish borasida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

 

 

  «O‘zbekiston MET» AJ tasarufidagi «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibida 220–500 kVli 15 ta podstansiyalar mavjud bo‘lib, ushbu podstansiyalarda o‘rnatilgan 35 dona kuch transformatorlarining umumiy quvvati 3664,3 MVAni tashkil etadi.

 

 

  Oxirgi 3 yilda filialdagi 500 kVli «G‘uzor» va 220 kVli «Ko‘kdumaloq», «Qarshi», «Muborak–1», «Muborak–2» va «Koson» podstansiyalarida modernizatsiya hamda rekonstruksiya ishlarini bajarildi. Investitsion loyihalar doirasida jami 5 dona avtotransformatorlar almashtirilib, bajarilgan ishlar «O‘zenergoinspeksiya» Qashqadaryo hududiy bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.

 

 

  Yaqinda 220 kVli «Koson» podstansiyasida «Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi talablariga qat'iy amal qilish» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

© Batafsil ma'lumotlar bilan «Qashqadaryo» teleradiokompaniyasining «Reportaj» dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

 

  Tadbirda «O‘zenergoinspeksiya» Qashqadaryo hududiy bo‘limi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, shu bilan birga, «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli 15 ta magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarida xizmat faoliyatini olib borayotgan navbatchi elektromontyorlar, muhandis hamda texnik ishchi-xodimlar ishtirok etishdi. Uch bosqichda tashkil etilgan seminar-treningda dastlab elektr uskunlarida ish bajarishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, so‘ngra ish joyini xavfsiz tayyorlash, baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jabrlangan xodimga birinchi yordam ko‘rsatish kabi mashg‘ulotlarga nazoratchi mutaxassislar oldida namunali tarzda bajarildi.

  «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli elektr tarmog‘i xo‘jalik obyektlarini belgilangan muddatlarda sifatli va to‘laqonli ta'mirlanishi, ta'mirlash ishlarini belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan «O‘zenergoinspeksiya» Qashqadaryo hududiy bo‘limi tomonidan nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, ta'mirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib borilmoqda.

  Ma'lumot o‘rnida shuni alohida ta'kidlash joizki, ayni kunda viloyatda 619 mingdan ortiq aholi va 45 mingdan ziyod ulgurji iste'molchilar elektr energiyasidan foydalanib keladi. Ushbu seminarning ayni kunlarda tashkil etilgani xodimlar malakasini oshirib, kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olishda muhim sanaladi.

Sherzod Xolyorov, «O‘zbekiston MET» AJ

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

t.me/uzmetaxborotxizmati

>