OAV va jamoatchilik bilan ishlash
FARG‘ONALIK ENERGETIKLAR O‘ZBEK TILI BAYRAMINI NISHONLASHMOQDA
  • 21.10.2020
  • 586

   Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2020-yil 10-aprel sanasida amalga kiritilgan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” O‘RQ-615-sonli Qonuni targ‘iboti doirasida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida bayram-seminari tashkil etildi.

   “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida o‘tgan davrlarda tilimizni rivojlantirish yo‘lidagi izlanishlar, qabul qilingan Qonunlar, ona tilimizni rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimiz xizmatlari xususid filial direktori so‘z olib, filialning yosh mutaxasislariga bugungi sananing ahamiyati to‘g‘risida gapirib berdi. 

 

 

   Shuningdek, bayram-seminarida filialning ustoz-mutaxassislari: huquqshunos A.Abduraximov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Maxsutbekov, mutaxassis A.Luksha va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Q.Mirzaevlar so‘zga chiqib, yosh mutaxasislarlarga o‘zbek tilining boy tarixi, davlat tilida ish yuritish masalalariga bag‘ishlangan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

   “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida o‘tkazilgan “O‘zbek tili bayrami kuni” filialning barcha xodimlarining mehnat faoliyati samaradorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, elektr energiyasi ta'minotidek muhim vazifani bajarishlarida kuch-g‘ayrat ato etadi, degan umiddamiz.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>