30-iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori G‘ayrat Ahmedov so‘zga chiqib, «O‘zbekiston–2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘grisidagi PF-37-son Prezident farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil axborot berdi, yoshlarni faol bo‘lishga chaqirdi.
Tadbir davomida yoshlarning mavjud muammolariga yechim topish hamda ularning texnik-muhandislik ishlanmalari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash oid savol-javoblardan iborat davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yosh energetiklarning sport musobaqallaridagi faol ishtiroki alohida e‘tirof etildi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati