Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari OAV hamda jamoatchilik tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda
  • 26.04.2024
  • 65

Barchamizga maʼlumki, 2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori eʼlon qilindi.

Isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish maqsadida qabul qilingan mazkur qarorning mazmun-mohiyatini isteʼmolchilarga tushuntirish ishlari Energetika vazirligi va vizirlik tizim tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor vazirlik mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Bu jarayonda, yaʼni ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik bilan ishlashda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham faol ishtirok etishmoqda.

Eʼtiboringizga Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarining OAV hamda jamoatchilik tadbirlaridagi faol ishtirokini aks ettiruvchi teleko‘rsatuv va radio eshittirishlaridan yozib olingan mediamahsulotlarning havolasini taqdim etamiz:

https://www.youtube.com/watch?v=ex43N2WSlEw&t=2s

https://www.youtube.com/watch?v=2pdBkYOlmlo&t=4s

https://www.youtube.com/watch?v=TlP9duVA-Po&t=2s

https://www.youtube.com/watch?v=-SihPwg5U4I&t=5s

https://www.youtube.com/watch?v=uqn9mFEjTfk&t=4s

 

Eslatib o‘tamiz:   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

 

O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>