Avvalroq, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi kasaba uyushmalari qo‘mitasi, jumladan: Markaziy boshqaruv apparati, Toshkent, Andijon, Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari va «ENERGO-IT» filiali, shuningdek «Nurafshon» sanatoriysi boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan farzandlari birinchi sinfga boradigan ishchi-xodimlarning bir nafar farzandiga o‘quv qurollari sovg‘a tarzida taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.
«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Kasaba uyushmasi tomonidan ham 18 nafar ishchi-xodimlarning birinchi sinfga boradigan farzandlari uchun maktab sumkasi va o‘quv qurollari taqdim etildi.
Shu bilan birga, «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushma qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 6 nafar kishiga moddiy yordam ko‘rsatilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatma: Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytida «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatini yorituvchi ayrim ma'lumotlar bilan tanishib boring.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati